Sinov rejimi: ma'lumotlar o'chirilishi mumkin. Haqiqiy ma'lumot kiritmang.

YangiOta-onalarga haftalik hisobot — Telegram'da

Lid, dars, to'lov va ota-ona — bitta tizimda

CRM, davomat va baholar, qarzdorlik, Payme, Click va Uzum orqali to'lov, onlayn darslar va AI yordamchi. Ota-ona hammasini markazingizning Telegram botida ko'radi — ilova o'rnatish shart emas.

  • Tasdiqlangach 14 kun bepul
  • Karta so'ralmaydi
  • Barcha funksiyalar ochiq

0 so'm

SMS xarajati

Hamma xabar markazingizning Telegram boti orqali bepul boradi.

3 ta

to'lov tizimi

Payme, Click va Uzum — pul to'g'ridan-to'g'ri markaz hisobiga, fiskal chek bilan.

14 kun

bepul sinov

Barcha funksiyalar bilan. Karta so'ralmaydi.

2 til

o'zbek va rus

Interfeys va xabarlar ikki tilda.

Rahbar uchun 6 savol

Shu savollarga hozir javob bera olasizmi?

Ko'p markazlarda javob daftarda, Excel'da yoki administratorning yodida. edus'da — bir necha bosishda.

01Moliya

Bu oy qancha tushishi kerak edi — va aslida qancha tushdi?

Odatda: «Oy oxirida daftar bilan hisoblaymiz»

edus'da: hisoblangan va yig'ilgan pul, qarz va foyda direktor panelida har kuni ko'rinadi.

02O'quvchilar

Qaysi o'quvchilar ketish arafasida?

Odatda: «Ketib bo'lgach bilamiz»

edus'da: ketish xavfi ro'yxati — darslarni qoldirayotganlar va qarzi cho'zilganlar.

03Sotuv

100 ta liddan nechtasi o'quvchiga aylanyapti?

Odatda: «Lidlar Telegram'da qolib ketadi»

edus'da: voronka va har bir manba bo'yicha konversiya.

04Ota-onalar

Administrator bugun nechta qo'ng'iroqqa javob berdi?

Odatda: «Bolam darsga keldimi, deb kuniga o'nlab marta so'rashadi»

edus'da: davomat, baho, vazifa va qarz ota-onaga Telegram'da o'zi boradi.

05Jamoa

O'qituvchilarga bu oy qancha maosh beriladi?

Odatda: «Excel'da qo'lda, ikki kun hisob-kitob»

edus'da: maosh darslar, o'quvchilar yoki tushumdan avtomatik hisoblanadi.

06Nazorat

Bugun har bir guruhda davomat olindimi?

Odatda: «Filialga qo'ng'iroq qilib so'raymiz»

edus'da: davomat olinmasa tizim o'zi eslatadi.

Qanday ishlaydi

Liddan to'lovgacha — hammasi bog'langan

Har bir bosqich keyingisini o'zi boshlaydi: lid o'quvchiga, davomat hisobga, to'lov maoshga aylanadi.

  1. 1-qadam

    Lid keladi

    • Saytdagi forma, Telegram va qo'ng'iroqlar — hammasi CRM'da
    • Menejerga vazifa va eslatma

    Oldin: Direct'da yo'qolib ketardi

  2. 2-qadam

    Sinov darsi

    • Sinov darsiga yozish va natijasi
    • Bir bosishda o'quvchiga aylantirish

    Oldin: Qo'ng'iroqlar unutilardi

  3. 3-qadam

    Guruhga qo'shiladi

    • Xona va o'qituvchi to'qnashmaydigan jadval
    • Oylik to'lov o'zi hisoblanadi

    Oldin: Excel va daftar

  4. 4-qadam

    Har dars

    • Davomat, baho va uy vazifasi
    • Ota-onaga Telegram'da xabar

    Oldin: Ota-onalar qo'ng'iroq qilardi

  5. 5-qadam

    Har oy

    • Payme, Click, Uzum orqali to'lov va chek
    • O'qituvchi maoshi avtomatik

    Oldin: Oy oxirida ikki kun hisob-kitob

Rahbar

Raqamlar bilan boshqaradi

Moliya, o'quvchilar va sotuv — bitta panelda.

Administrator

Tartib va tezlik

Lid, to'lov va jadval — Excel'siz.

O'qituvchi

Vaqti darsga ketadi

Davomat bir necha soniyada, testlarni AI tuzadi.

Ota-ona

Hammasidan xabardor

Davomat, baho va to'lov — Telegram'da.

O'quvchi

O'qishga qiziqadi

Darslar, coin, reyting va ketma-ket kunlar.

Ota-onalar uchun

Ilova o'rnatish shart emas — Telegram yetarli

Markazingizning o'z boti va Mini App kabineti. Ota-ona farzandi haqida hammasini o'z vaqtida biladi, bir nechta farzand — bitta kabinetda.

Darsga keldi — darhol xabar

O'qituvchi davomatni belgilashi bilan ota-onaga boradi.

Baho va o'qituvchi izohi

Faqat raqam emas — nima yaxshi va nimaga e'tibor berish kerak.

Uy vazifasi

Nima berilgani va farzand topshirganmi — kabinetda.

Bir bosishda to'lov

Qarz eslatmasida Payme, Click va Uzum tugmalari. Chek o'zi keladi.

Haftalik hisobot

Har yakshanba: darslar, davomat, baholar va qarz.

«Bugun kelmaydi» xabari

Ota-ona o'qituvchini oldindan ogohlantiradi.

O'quvchilar uchun

Dars tugagach ham o'qish davom etadi

Onlayn darslar, mashqlar va testlar o'quvchining telefonida. Coin, reyting va ketma-ket kunlar uni har kuni qaytaradi.

Darslar va mashqlar

Mavzu, video va mashqlar — o'z sur'atida.

Lug'at mashqlari

Yangi so'zlarni yodlash va takrorlash.

Testlar va imtihonlar

Jonli imtihon, daraja aniqlash testi va sertifikat.

AI repetitor

Tushunmagan mavzuni istalgan vaqtda tushuntirib beradi.

Coin va do'kon

Davomat va natijalar uchun coin — sovg'alarga almashtiriladi.

Ketma-ket kunlar va reyting

Har kungi odat va guruhdagi o'rni.

Jamoa uchun

O'qituvchiga vaqt, rahbarga aniq raqamlar

Qog'oz ishlari tizimga o'tadi — odamlar o'z ishiga e'tibor beradi.

O'qituvchi

  • Davomat va baholar bir necha soniyada, telefondan ham
  • Test savollari va dars rejasini AI tuzib beradi
  • Uy vazifasini AI birinchi bo'lib tekshiradi
  • Izohi ota-onaga o'zi yetib boradi

Rahbar

  • Tushum, xarajat, foyda va qarz — filiallar yonma-yon
  • Ketish xavfi ro'yxati va lid konversiyasi
  • Maosh va KPI avtomatik: avans, bonus, ushlab qolish
  • Markaz ma'lumotlari bo'yicha AI'dan so'rash mumkin

Imkoniyatlar

Markazga kerak bo'lgan hamma narsa

Har bir bo'lim boshqasi bilan bog'langan: lid o'quvchiga aylanadi, davomat to'lovga, to'lov maoshga.

CRM va lidlar

Saytdagi forma, Telegram va qo'ng'iroqdan kelgan lidlar, bosqichlar, vazifalar, sinov darsi va bir bosishda o'quvchiga aylantirish.

Guruhlar va jadval

Xona va o'qituvchi to'qnashuvini tekshiruvchi jadval, bayramlar, ko'chirilgan va bekor qilingan darslar.

Davomat va baholar

O'qituvchi darsda bir necha soniyada belgilaydi. Davomat olinmasa ogohlantirish keladi, kelmagan o'quvchining ota-onasiga xabar ketadi.

Moliya

Tariflar faktlardan hisoblanadi: qo'shilish, muzlatish, chiqish, qoldirilgan dars. Qarzdorlik, kassa, xarajatlar, oy yopish.

Onlayn to'lov

Payme, Click va Uzum markaz hisobiga to'g'ridan-to'g'ri, fiskal chek bilan. Ota-ona havola yoki botdan to'laydi, to'lov o'zi yoziladi.

Telegram bot va kabinet

Markazning o'z boti: davomat, baholar, qarz eslatmasi, uy vazifasi. O'quvchi va ota-ona kabineti — Mini App'da ham.

Onlayn darslar va testlar

Mavzular, mashqlar, lug'at trenajyori, uy vazifalari, jonli imtihon va daraja aniqlash testi, sertifikatlar.

AI yordamchi

Test savollari, dars rejasi, uy vazifasini birinchi tekshirish, ota-onaga oylik hisobot, markaz ma'lumotlari bo'yicha savol-javob.

Maosh va KPI

Oklad, dars uchun, soatbay, o'quvchi boshiga yoki tushumdan foiz. Avans, bonus, ushlab qolish va o'qituvchilar KPI.

Direktor paneli

Tushum, xarajat, sof foyda, qarzdorlik, faol va ketgan o'quvchilar, lid konversiyasi — filiallar yonma-yon.

Ishga tushirish

3 qadamda boshlaysiz

  1. 01

    Ariza qoldirasiz

    2 daqiqa

    Markaz nomi, manzili va telefon raqamingiz.

  2. 02

    Markazingizni ochamiz

    markaz.exanode.uz

    Ariza tasdiqlangach markazingiz o'z manzilida ochiladi va 14 kunlik bepul sinov boshlanadi.

  3. 03

    Ma'lumotlarni ko'chirasiz

    Bepul yordam

    O'quvchilar ro'yxatini Excel'dan import qilasiz, sozlashda yordam beramiz.

Har markaz alohida

Ma'lumotlar bazasi darajasida boshqalardan ajratilgan.

Pul yo'qolmaydi

To'lov yozuvlari o'chirilmaydi, yopilgan oy o'zgarmaydi.

Rollar va ruxsatlar

Har bir xodim faqat o'ziga kerakli narsani ko'radi.

Ma'lumot sizniki

Istalgan vaqtda Excel'ga eksport qilasiz.

Ochiq yo'l xaritasi

Nima tayyor va nima hali yo'qligini yashirmaymiz. Ko'rish →

Narxlar

Narx faol o'quvchilar soniga bog'liq

Barcha tariflarda barcha funksiyalar bor. Muddat uzunroq bo'lsa — chegirma kattaroq.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Javob topmasangiz, ariza qoldiring — bog'lanib, hammasini tushuntiramiz.

Sinov muddati qanday ishlaydi?

Ariza tasdiqlangach 14 kun barcha funksiyalardan bepul foydalanasiz (taklif havolasi bilan — 30 kun). Kiritgan ma'lumotlaringiz to'lovdan keyin ham saqlanadi.

Karta kerakmi?

Yo'q. Sinov tugashidan oldin «Obuna» bo'limida tarifni tanlab, bank o'tkazmasi yoki Payme orqali to'laysiz.

O'quvchilar soni tarifdan oshsa nima bo'ladi?

Hech narsa bloklanmaydi. Tarifni oshirishga 14 kun beriladi, keyin keyingi hisob mos tarif bo'yicha chiqadi.

Boshqa tizimdan qanday o'tamiz?

O'quvchilar ro'yxatini Excel'dan import qilasiz. Ishga tushirishda bepul yordam beramiz.

To'lov kechiksa-chi?

Muddat tugagach yana 7 kun hammasi ishlaydi. Keyin tizim faqat ko'rish rejimiga o'tadi: ma'lumotlar saqlanadi, o'quvchilar kabineti va ularning to'lovlari to'xtamaydi.

Voz kechsam bo'ladimi?

Ha, istalgan vaqtda — keyingi hisobni to'lamaysiz. Ma'lumotlaringizni Excel'ga eksport qilib olishingiz mumkin.

Markazingizni bugun tartibga soling

Ariza qoldiring — ko'rib chiqib, markazingizni o'z manzilida ochib beramiz.

  • Tasdiqlangach 14 kun bepul, karta so'ralmaydi
  • Excel'dan import va ishga tushirishda yordam
  • Istalgan vaqtda voz kechish, ma'lumotlar eksporti bilan

Bepul sinovni boshlang

Ariza 2 daqiqa oladi.

Bepul sinab ko'rishMarkazingiz bormi? Kirish