Ochiq yo'l xaritasi
Nima tayyor, nima ustida ishlayapmiz va nima keyin bo'ladi.
Tayyor
- Filiallar, xodimlar, rollar, guruhlar, jadval, davomat
- Tariflar, to'lovlar, qarzdorlik, xarajatlar, oy yopish
- Lidlar, voronka, saytdagi formalar, sinov darslari
- Telegram botlar, avtomatik xabarlar
- Payme, Click, Uzum, fiskal chek, maosh
- Kabinet, darslar, uy vazifalari, testlar, coinlar, sertifikatlar, AI
- O'zi ro'yxatdan o'tish, tariflar, status sahifasi
Keyingi
- Pilot markazlar fikri bo'yicha yaxshilashlar
- Mobil ilova (hozir Telegram Mini App va telefonga mos sayt)
- IELTS, CEFR va Milliy sertifikat mock imtihonlari
- Didox / Faktura.uz orqali elektron hisob-faktura
Rejada
- Chuqur analitika: LTV, kogortalar, reklama manbasi samaradorligi
- Telegram va Instagram yozishmalari lid kartasida, IP-telefoniya
- QR, turniket va FaceID orqali davomat
- Ochiq API, webhook'lar, o'z domeni
Hozircha nima yo'q
Sotishdan oldin halol aytamiz — bular hali tayyor emas.
App Store / Google Play ilovasi
O'quvchi va ota-ona kabineti Telegram Mini App va telefon brauzerida ishlaydi.
IELTS va CEFR mock imtihonlari
Oddiy testlar va jonli imtihon bor; imtihon formatidagi maxsus modullar keyinroq.
Elektron hisob-faktura (Didox)
Hozircha to'lov uchun hisobni chop etib berasiz yoki PDF qilib saqlaysiz.
IP-telefoniya
Qo'ng'iroqlarni yozib olish va lid kartasiga bog'lash hali yo'q.
Instagram yozishmalari
Lidlar Telegram bot va sayt formalaridan avtomatik tushadi; Instagram'dan — qo'lda.
O'z domeni va brending
Markaz manzili bizning subdomenda bo'ladi (markaz.domen).
Ochiq API va webhook'lar
Boshqa tizimlar bilan ulanish uchun API hali ochilmagan; eksport Excel orqali.
Obunani Click yoki Uzum orqali to'lash
Obuna uchun hozircha bank o'tkazmasi va Payme. Markazingiz o'quvchilaridan esa Payme, Click va Uzum orqali pul qabul qiladi.